“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: barqaror taraqqiyot sari
2026-01-06 11:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilga qadar 160 milliard AQSh dollariga yetkazish rejasi oldindan bajarildi, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy iste’moldagi ulushi 2025-yilning o‘zidayoq 30 foizga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar esa rejalashtirilgan 12 foiz o‘rniga 14,2 foizni tashkil etdi. Bu natijalar yangi, yanada yuqori maqsad va vazifalarni belgilash zaruratini yuzaga keltirmoqda.
2025-yil 26-dekabr kuni Prezident tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomada erishilgan ulkan yutuqlarni hamda yangi ustuvor vazifalarni inobatga olgan holda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan mamlakatning 2030-yilgacha bo‘lgan taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yangilanayotgan strategiya barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat, inson kapitalini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni o‘z ishiga oladi.
Mazkur jarayonda xalq vakillari – deputatlar, shunungdek, keng jamoatchilikning faol ishtiroki islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishiga xizmat qiladi.
Shu bois, mamlakatimiz kelajagini belgilab beradigan ushbu muhim strategiya muhokamasida har bir fuqaroning faol ishtirok etishi, bildirilayotgan taklif va mulohazalarning e’tiborga olinishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan mazkur hujjat aholi fikr-mulohazalari asosida takomillashtirib boriladi.
Hurmatli Davlat ekologik ekspertizasi markazi xodimlari!
Barcha taklif va mulohazalaringizni 📞 (71) 239-49-38, (71) 239-49-44 raqamli koll-markaz orqali yoki 📧 info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
