Buxoro viloyatida yirik qayta tiklanuvchi energiya loyihasi: jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
2025-12-30 09:30:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya ta’minoti barqarorligini oshirish va ekologik muvozanatni mustahkamlash yo‘lidagi yirik tashabbuslardan biridir. Unga ko‘ra, stansiya ikki bosqichda amalga oshiriladi va bir nechta muhim infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi.
Muhokama davomida loyiha texnik tafsilotlari jamoatchilikka taqdim etildi. Xususan, birinchi bosqichda:
- 100 MVt quvvatga ega BESS energiya saqlash tizimi;
- 14 ta shamol generatori;
- 14 km va 48 km uzunlikdagi ikkita elektr uzatish liniyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi bosqichda esa:
- 123 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi;
- 220 MVt quvvatga ega 28 ta shamol generatori barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirning asosiy maqsadi — loyiha hududida atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayoni bo‘yicha aholini xabardor qilish, hujjatlar bilan tanishtirish, ekologik xavfsizlik masalalarini muhokama qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olishdan iborat bo‘ldi.
Muhokamada mahalliy hokimiyat vakillari, ekologiya mutaxassislari, loyiha ishlab chiquvchilari, jamoatchilik faollari hamda uning hududiga yaqin yashovchi aholi qatnashdi. Tomonlar taqdimot bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazib, ekologik xulosalar va ehtimoliy ta’sirlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
“Voltalia” gibrid elektr stansiyasi nafaqat energiya ishlab chiqarish quvvatini oshiradi, balki:
- uglerod chiqindilarini kamaytiradi;
- ekologik xavfsizlikni mustahkamlaydi;
- hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qiladi;
- yangi ish o‘rinlari yaratishga zamin bo‘ladi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish bo‘yicha qarorlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda.




