Hurmatli yurtdoshlar!
2025-12-08 09:30:00 / Yangiliklar
Davlat ekologik ekspertizasi markazi jamoasi Sizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bilan samimiy qutlaydi

Asosiy Qonunimiz — mamlakat taraqqiyoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi mustahkam poydevordir. Konstitutsiyamizda belgilangan ekologik xavfsizlik, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish tamoyillari Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Ushbu qutlug‘ sana barchamizni yurt ravnaqi, sog‘lom va toza ekologik muhitni ta’minlash yo‘lida yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishga undaydi.
Bayram Sizga va yaqinlaringizga fayzu-baraka, yangi marralar, bardavom muvaffaqiyatlar olib kelsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Davlat ekologik ekspertizasi markazi jamoasi
