1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
2025-11-18 14:20:00 / Yangiliklar
Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.

O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday yutuqlarga erishmasin, Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Bayroq — hurriyat timsoli, ezgulik va tinchlik ramzidir.
Ona yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrog‘imiz baland-balandlarda O‘zbekiston deb atalgan jannatmakon yurt sha’ni va shavkatidan darak berib hilpirayversin!
