audio

    0+
    “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk tizeri e’lon qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamkorligida “EZGU FILM” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk tizeri e’lon qilindi. 

    Filmda XVII asrda yashab o’tgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori Bahodir Yalangto’sh hayot faoliyati aks ettiriladi. Film tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi. 

    Film ijodkorlari:
    Ssenariy mualliflari: Hasan Toshxo‘jayev, Jahongir Ahmedov
    Postanovkachi rejissyor: Jahongir Ahmedov
    Postanovkachi operatorlar: Ivan Solomatin, Izzatilla Lutfullayev
    Postanovkachi rassom: Bahriddin Shamsuddinov
    Supervisor VFX: Lazizxon G‘aniyev
    Bastakor: Doniyor Agzamov
    Liboslar bo‘yicha rassom: Zuhra G‘aniyeva  
    Prodyuser: Zafar Yuldashev

    Bosh rollarda:
    Habibullo Nizomov
    Behzod Muhammadkarimov
    Tohir Saidov
    Elbek Fayziyev
    Boir Xolmirzayev
    Matyoqub Matchonov
    Daulet Abdygaparov
    Arina Isakova
    Ozod Qayimov
    Nozim Jumayev
    Shaxrizoda Dilmurod qizi
    Ilhom Sodiqov

    • view_icon 250
    : 2024-02-18 09:57:22