“Muruvvat uyi”da tibbiy koʻrik oʻtkazildi
2024-10-11 09:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat tomonidan koʻrsatilgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish boʻyicha Jizzax “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyida kuzgi “Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik” oʻtkazish boʻyicha har yili ikki marta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tashkil etiladi.

Tibbiy koʻrikda: Psixiatr, nevropatolog, terapevt, ginekolog, stomatolog, dermatolog, kardiolog, lor, travmatolog, xirurg, okulist, endokrinolog va urolog, shuningdek, laborotologik diagnostik tekshiruvlardan umumiy qon tahlili, umumiy peshob, instrumental tekshiruvlardan EKG, UTT, Rentgen tekshiruvlari asosida boʻlib oʻtmoqda.
Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Muxtorova Nazira Abdusattorovna “Muruvvat” internat uyida boʻlayotgan tibbiy koʻrik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
