Baxmal tumani IIB va YHXG ga yangi rahbarlar tayinlandi
2024-08-12 08:25:00 / Yangiliklar

Yangi tayinlangan rahbarlarni viloyat IIB boshligʻi general-mayor Gʻayrat Qodirov tanishtirib, tumanda jinoyatchilik va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda mahalliy hokimlik va mahalla yettiligi bilan hamjihatlikda ish olib borish haqida fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Podpolkovnik Narzullayev Erkin Saydullayevich Baxmal tuman IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Qoʻshmurodov Anvar Abduvayitovich Baxmal IIB, JXX, YHXG katta inspektori vazifasiga tayinlandi.
A.Qoʻshmurodov tayinlovga qadar viloyat IIB, JXX, YHXB yoʻl infratuzilmasini nazorat qilish boʻlimi katta muhandisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.


