Information about education in the region 🎓
I. MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI YOʻNALISHIDA:
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida. Bugungi kunda viloyatimizda 4 318 ta (919 ta davlat, 67 ta xususiy, 188 ta DXSH va 3144 ta oilaviy) maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda.
2025-yilda davomida mazkur muassasalarda 3-7 yoshli 306 ming nafar (86,4 foiz) bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Shundan, 281 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 12 210 nafar bolalar qamrob olindi. (904 ta yangi ish oʻrni yaratildi)
Joriy yil yakuniga qadar bogʻcha yoshidagi (3-7 yoshli) bolalar soni qariyb 40 ming nafarga ortib, 399 ming nafarga yetishi kutilmoqda.
Shu bois joriy yilda 41 ming oʻrinli 581 ta xususiy bogʻcha tashkil etilib, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 87,4 foizga yetkaziladi.
Maktab taʼlimi yoʻnalishida. Hozirgi kunda viloyatdagi 1 147 ta umumtaʼlim (963 ta davlat, 160 ta xususiy, 24 ta ixtisoslashtirilagan maktab) muassasasida qariyb 717 ming nafar oʻquvchilarga 60 ming nafardan ziyod oʻqituvchilar taʼlim berib kelmoqda.
Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlaringiz, yaratib berilayotgan yangi imkoniyat va imtiyozlar oʻz natijasini berib kelmoqda.
Jumladan, 2025 yilda viloyatda 51 ta xususiy maktablar tashkil etilib, ularni soni 160 taga yetkazildi. Ular orqali 45 ming nafar oʻquvchilar taʼlimga qamrab olindi.
Misol uchun, joriy yilda Dangʻara tumanida 20 mlrd soʻm mablagʻ evaziga 840 oʻrinli “Mendeleev skul” xususiy maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu islohotlar davomi sifatida joriy yilda Fargʻona viloyatida 35 ta xususiy maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 6 750 oʻquvchi oʻrni yaratiladi.
Fargʻona viloyatida taʼmirtalab ijtimoiy soha muassasalarini yangilash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyatdagi taʼmirtalab deb topilgan 161 ta muassasalarini tashkilot rahbarlariga homiylik asosida biriktirilib, shu kunga qadar 45,0 mlrd. soʻmlik taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Misol uchun, Oltiariq tumani prokurori tashabbusi bilan 8,5 mlrd.soʻm homiylik mablagʻi hisobiga 26-sonli maktab uchun 360 oʻrinli yangi bino hamda 29-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga 7,5 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 320 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurildi.
II. AY-TI SOHASIDA.
2025-yilda viloyatda 47 ta yangi IT kompaniyalar faoliyati yoʻlga qoʻyilib,
IT-Park rezidenlari soni 139 taga yetkazildi. Shundan, 21 tasi xorijiy investorlar (Hindiston, AQSH, Rossiya va boshqa) ishtirokida amalga oshirildi.
Bugungi kunda ushbu sohada jami 1975 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi. Yosh dasturchilarning buguni kundagi oʻrtacha oylik ish haqlari
3000 - 5000 AQSH.dollarini tashkil etmoqda.
Misol uchun, Fargʻona shahar, Yangi yoʻl MFY hududida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Sherzod Parpiyev rahbarligidagi “DAVR-RU” xususiy korxonasida
400 nafardan ziyod dasturchi yoshlar faoliyat olib bormoqda. Ularning oʻrtacha oylik ish haqi 30 mln.soʻmni tashkil etadi.
Ushbu tashkilotlar tomonidan 20 mln. AQSH.dollarlik IT xizmatlar eksporti amalga oshirilib, 2024-yilga nisbatan 352,2 foizga oʻsdi.
Joriy yil viloyatda IT sohasida keskin oʻsish maqsad qilib olingan va
bu borada qator yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Xususan,
1. Fargʻona shahar “Eko shahar” massivida qiymati qariyb 11 mln dollar boʻlgan zamonaviy “Fergana Digital Hub” (Fargʻona raqamli texnalogiyalar va sunʼiy intelekt markazi) barpo etilib, IT-kompaniyalar uchun ishchi ofislar, kutubxona, xorijiy tillarni oʻrgatish markazlari tashkil etiladi. Markazda yiliga 4 000 nafar yosh IT va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida oʻqitiladi.
Shu bilan birga, EPAM, CISCO, Microsoft, Huawei kabi xalqaro
“IT maktablari” bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, xalqaro standartlar asosida 500 nafar mutaxassis tayyorlanadi hamda yiliga 800 nafar bitiruvchining mahalliy va xalqaro mehnat bozorida ishga joylashishi taʼminlanadi.
Shu orqali viloyatda frilanserlar 6 500 nafarga, IT-Park rezidentlari
200 taga va IT xizmatlar eksporti 20 mln dollarga yetkaziladi (ish oʻrni 2 500 ta).
2. Margʻilon shahridagi (Qashqar) sobiq Akademik litsey binosi oʻrnida Toshkentdagi Inxa universiteti kampusi va sunʼiy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Ushbu kampusda 500 nafar talaba axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik yoʻnalishlarida taʼlim oladi (bakalavr). Yiliga 300 dan ziyod malakali mutaxassis tayyorlanib, kamida 70 foizi mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarga ishga joylashtiriladi, 10 ga yaqin sunʼiy intellekt asosida ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqiladi.
3. Viloyatning har bir tuman va shahar markazlarida “IT-shaharcha”lar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularda dasturlash, veb-dizayn, kiberxavfsizlik, “Data Science” va SMM yoʻnalishlarida oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Ushbu kurslarda yiliga 5 000 nafar yoshlar zamonaviy kasblarga oʻqitiladi.
4. Shuningdek, IT-haftaligi tashkil etilib, unda sohadagi ilgʻor tajriba va innovatsion yechimlar namoyishiga atalgan xalqaro forum oʻtkaziladi.
Tadbirlarda 1 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilar, 20 dan ortiq davlatdan IT kompaniya, startap va ekspertlar qatnashishi, 100 ga yaqin innovatsion loyihalar taqdim etilishi hamda 10 taga yaqin investitsiya kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Umuman olganda, koʻrilgan choralar natijasida viloyatda yiliga
2 500 nafar IT mutaxassislari tayyorlanadi va sunʼiy intellekt yetakchilari
50 ming nafarga yetkaziladi.
Oʻz navbatida Fargʻona mintaqadagi yirik IT-XABga aylantiriladi.
III. YoSHLARNI XORIJIY TIL VA KASBGA OʻQITISH SOHASIDA.
Xorijiy tilga oʻqitish yoʻnalishida. Bugungi kunda viloyatimizda 560 dan ortiq xorijiy til oʻquv markazlarida 60 mingdan ortiq yoshlar tahsil olishmokda.
Birgina misol, Fargʻona shahridagi Furqat Komilovga koʻmaklashish orqali "Wegweiser" nemis tili oʻquv markazi yoʻlga qoʻyildi, natijada 2025-yilda
350 nafar oʻquvchi oʻqitilib, Germaniyaga ishga yuborildi.
Hozirda ushbu tadbirkor viloyatning 8 ta shahar, tumanlarida mazkur oʻquv markazning filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyib, 1 500 nafar yoshlarga nemis tilini oʻrgatib kelmoqda.
Joriy yilda viloyatdagi nemis tili oʻquv markazlari orqali 2 000 dan ortiq yoshlarni Germaniya davlatida qonuniy mehnat migratsiyasiga yuborish rejalashtirilmoqda.
Kasbga oʻqitish yoʻnalishida. Janubiy Kareyaning Ulsan shahri maʼmuriyati hamda “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasi bilan hamkorlikda
“Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” tashkil etildi.
2025-yilda ushbu markazning 400 nafar bitiruvchi yoshlari muvaffaqiyatli tayyorgarlikdan oʻtib, Janubiy Koreyaga ishga yuborildi.
Joriy yilda markaz tomonidan 800 nafar yoshlar 4 bosqichda oʻqitilib, Janubiy Koreyaga ishga yuboriladi.
Bundan tashqari, Fargʻona shahar Kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazida (KOICA) joriy yil davomida 633 nafar yoshlar oʻqishga jalb etildi. Ular zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, kelgusida xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega boʻladilar.
