Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv
2023-02-14 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazir Behzod Musayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashdi.

Unda kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xizmatlarni integratsiyalash, uy xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirish va bandlik sohasidagi yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.