audio

    0+
    “Yoshlar ovozi”da umumiy mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mlik tanlov

    Noutbuk, smartfon yoki smart televizor sovrindori bo‘lishni xohlaysizmi? Unda “Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi oldidan o‘tkazilayotgan tanlovda, albatta, qatnashing.

    Tanlov yoshlar hayoti va faoliyatini yoritishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

    ➖Eng yaxshi maqola

    ➖Eng yaxshi fotohikoya

    ➖Eng yaxshi video

    ➖Eng faol bloger

    Tanlovda qatnashish uchun ijodiy ishlaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yuboring.

    Qanday mavzular qabul qilinadi?

    Tanlovda har bir nominatsiya uchun umumiy mavzu yoshlar hayoti va faoliyatiga doir bo‘lishi kerak. Ya’ni yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati samaralari, kasb-hunari bilan tanilgan, qadr topgan yoshlar haqida yoxud bugungi kun yoshlari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yoritiladi.

    Tanlovda qanday ishtirok etiladi?


    Eng yaxshi maqola nominatsiyasi uchun maqolalar word formatda @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.
    Eng yaxshi fotohikoya nominatsiyasi uchun ijodiy ishlar pdf formatda @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.
    Eng yaxshi video nominatsiyasi uchun tayyorlangan video @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.

    Eslatma: tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar hech qaerda chop etilmagan va eng ko‘pi uchtagacha bo‘lishi kerak.


    Eng faol bloger nominatsiyasi uchun esa yuritilayotgan blog havolasi hamda yoshlarga daxldor bo‘lgan blog post yuboriladi.

    Tanlovning o‘tkazilish bosqichlari:


    Ijodiy ishlarni qabul qilish joriy yil 4-apreldan 20-maygacha davom etadi. 21-maydan — 15-iyungacha ijodiy ishlarni tanlov hay’ati o‘rganib chiqadi va eng sara ishlar aniqlanadi. 15-iyundan ochiq ovoz berish tartibida 1- va 2-o‘rin sohiblarini aniqlash uchun eng sara ishlar e’lon qilinadi. Rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblarini tanlov hay’ati aniqlab beradi. Taqdirlash 27-iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” arafasida o‘tkaziladi.

    Tanlov g‘oliblarini taqdirlash


    Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-,2- hamda rag‘batlantiruvchi o‘rin aniqlanadi.

    Birinchi o‘rin uchun — noutbuk
    Ikkinchi o‘rin uchun — smartfon
    Rag‘batlantiruvchi o‘rin uchun — smart televizor.

    Yosh chegarasi: 14 yoshdan 30 yoshgacha.

    • view_icon 2554