Imom ota qishlog‘i va uning ziyoratgohlari
2025-04-08 18:20:00 / Yangiliklar

Sayyohlar tashrifi uchun qishloqda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bunda muqaddas qadamjolari, zamonaviy joylashtirish vositalari, sayyohlarga qo‘shimcha xizmat turlari, hamda ko‘ngil ochar maskanlari mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Imom ota maskani o‘zining ziyoratgohlari, o‘zgarmas musaffo tabiati bilan mashhur. U Qirtoshtog‘ning go‘zal tog‘lari va tepaliklari bilan o‘ralgan. Butun qishloq bo‘ylab kichik daryo oqib o‘tadi va uning manbalari Chilustun tizmasi etaklaridagi muqaddas buloqdan boshlanadi.
Buloqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega, ta’mi esa ozgina sho‘r. Yaqin-atrofda yam-yashil, gullarga burkangan Xo‘jaobod tumanidagi tog‘larning pastak cho‘qqilarini ko‘rish mumkin. Bu ekoburchakdagi havo shaffof, tog‘ havosining organizmga terapevtik ta’siri isbotlangan, bronxlar va o‘pkalarni tozalovchi xususiyatga ega.
Dara markazida «Orzu g‘ori» maskaniga olib boruvchi zinapoyalar, osma ko‘prik bor. Daraning g‘arbiy yon bag‘riga ko‘tarilib, siz qishloqning ajoyib umumiy ko‘rinishini, haqiqiy tog‘ vohasini ko‘rishingiz mumkin.









