Asosiy kontentga o'tish

“Umra” ziyoratini amalga oshirish uchun faqat litsenziyaga ega tashkilotlar xizmatidan foydalaning!

2025-04-03 09:00:00 / Yangiliklar

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-935-sonli Qonunga asosan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, alohida litsenziyalanadigan faoliyat turi sifatida belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ etib tasdiqlangan.

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasidan yangi tartib bo‘yicha qaytadan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat uchun litsenziya olgan holda faoliyat yuritishi belgilandi.

Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya asosida “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish mumkin emasligini eslatib o‘tamiz.

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari xizmatlaridan foydalangan yurtdoshlarimiz Saudiya Arabistoni Podshohligida noqulay holatlarga tushib qolish holatlari ko‘plab kuzatilayotganligi ma’lum qilinadi.

Mazkur holatlarni oldini olish “Umra” amallarini ishonchli amalga oshirish maqsadida litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari xizmatlaridan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari reyestri ochiq ma’lumot sifatida doimiy ravishda yangilanib borishi bildiriladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasidan litsenziya olmasdan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanish qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishiga asos bo‘ladi.

342

Oxirgi yangilanish: 2025-04-03 09:09:02

“Umra” ziyoratini amalga oshirish uchun faqat litsenziyaga ega tashkilotlar xizmatidan foydalaning!