1000KITOB — ilm va tafakkur harakati!
2025-10-24 14:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi — ilm, tafakkur va tarjima kuchini birlashtirgan eng yirik madaniy harakat sifatida o‘z samarasini bera boshladi.
Loyiha dunyoga mashhur mualliflarning asarlari, ilmiy va badiiy kitoblarni o‘zbek tilida jamlab, yoshlarimizga dunyoni o‘rganish, fikrlash va ilhomlanish imkonini beruvchi katta platformadir.
Bugunga qadar: loyiha doirasida 113 ta asar ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra tanlab olindi va 85 ta kitobning tarjima huquqi xarid qilindi. 58 ta asarning tarjimasi yakunlandi. 27 ta kitob har biri 3 000, jami 81 000 nusxada chop etildi.
Ushbu kitoblar falsafa, iqtisod, siyosat, tarix, ekologiya, ta’lim, biologiya, sotsiologiya, huquq, san’at va madaniyat kabi 40 ga yaqin fan yo‘nalishini qamrab oladi.
Yaqinda hududlarga yo‘l olgan “1000KITOB karvoni” respublikamiz bo‘ylab 205 ta kutubxona, 50 ta davlat tashkiloti va 97 ta oliy o‘quv yurti mazkur asarlar bilan boyitildi.



