Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv seminar
2025-09-05 14:00:00 / Yangiliklar

Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi mas’ul xodimlari tashabbusi bilan Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Seminar mashg‘ulotlarida mutaxassislar tomonidan yetakchilikning asosiy vazifalari, samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalari va amaliy tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda TOP-100 reytingidan o‘rin olgan yetakchilarining ota-onalariga tashakkurnomalar ham topshirildi.
Ushbu seminarlar yoshlar yetakchilarining salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish hamda mahallalarda yoshlar bilan yanada samarali faoliyat olib borishlariga xizmat qiladi.






