Bek va Lola — bolajonlar qalbidan joy olgan multfilm!
2025-08-02 18:00:00 / Yangiliklar
Salkam bir yil ichida kichkintoylarimizning eng sevimli do‘stlariga aylangan Bek va Lola multfilmi bugunga kelib YouTube’da 80 millionga yaqin ko‘rishlarga erishdi!

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashlari bilan yaratilayotgan ushbu multserial nafaqat ta’lim va tarbiya, balki mehr-oqibat va qadriyatlarimizni bolalarga oson hamda chiroyli tarzda yetkazib bermoqda.
Yangi qismlarni tomosha qiling va yaqinlaringizga ham ulashing!
1. Ertaklar olamida premyera bugun 19:00 da;
2. Hafta kunlarini o’rganamiz;
3. Top-Toza;
4. Mevalar.
