“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” – shaxmat bellashuvi yakunlandi
2025-06-11 17:00:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Turnir Navoiy viloyatining To‘dako‘l shahrida joylashgan Xalqaro shaxmat maktabida tashkil etildi.
Musobaqada butun respublika bo‘ylab 1 milliondan ortiq ishtirokchi orasidan saralangan eng iqtidorli havaskor shaxmatchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Turnir “Havaskor Open” va “Havaskor Women” yo‘nalishlarida 9 tur davomida o‘tkazildi va qizg‘in bahslar bilan yakunlandi.
Natijalar:
“Havaskor Open” guruhida:
1-o‘rin – Mirabdullayev Muzaffar (25 mln so‘m)
2-o‘rin – Raxmatullayev Aqjol (15 mln so‘m)
3-o‘rin – Yoqutxonov Azizxon (10 mln so‘m)
4-o‘rin – Turganbayev Jorabek (1 mln so‘m)
5-o‘rin – Fayzullayev Ramatulla (1 mln so‘m)
6-o‘rin – Sharipov Shavkat (1 mln so‘m)
“Havaskor Women” guruhida:
1-o‘rin – To‘ychiyeva Munisa (25 mln so‘m)
2-o‘rin – Aliqulova Gulbahor (15 mln so‘m)
3-o‘rin – Olimboyeva Xusnida (10 mln so‘m)
4-o‘rin – Xudoyberganova Dilyora (1 mln so‘m)
5-o‘rin – Rustamova Manzura (1 mln so‘m)
6-o‘rin – Dilmurodova Nozima (1 mln so‘m)
G‘oliblar belgilangan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu musobaqa nafaqat yoshlarning aql-zakovati va strategik fikrlashini namoyon etdi, balki ularning salohiyatini yuksak sahnada sinovdan o‘tkazish imkonini ham yaratdi.








