Yosh estrada ijrochilari orasidan eng yaxshilari aniqlandi!
2025-06-05 21:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar ovozi” tanlovining uchinchi kunida ishtirokchilar “Estrada” yo‘nalishida o‘z iste’dodlarini jonli ijro orqali namoyon etdilar. Eng yaxshi uchlik 50, 30 va 20 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, tanlovning respublika bosqichi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida davom etmoqda.
“Estrada” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishing!
10-15 yosh toifasi:
1-o‘rin Urakova Asemay Muratovna (Qoraqalpog‘iston R) — 50 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin Abyazova Yasmina Ilyasovna (Toshkent v) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Abduvaliyeva Kumush Xusniddin qizi (Navoiy v) — 20 million so‘m pul mukofoti.
16-22 yosh toifasi:
1-o‘rin Aminbayev Qodirbergan (Xorazm v) — 50 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin Djalolova Farangiz Solijon qizi (Toshkent v) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Ikromov Boburjon Ixtiyorjon o‘g‘li (Andijon v) — 20 million so‘m pul mukofoti.
23-30 yosh toifasi:
2-o‘rin Ahmedov Qaytmasbek Orif o‘g‘li (Qashqadaryo v) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Maxamadjanova Navro‘za Shavkat qizi (Toshkent v) — 20 million so‘m pul mukofoti.
Shuningdek, respublika bosqichda ishtirok ishtirokchilarning barchasi 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi!









