Samarqandda Global yoshlar festivali — 2025
2025-06-05 10:00:00 / Yangiliklar
Global yoshlar festivalining “Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Global yoshlar festivalining “Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
“Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi doirasida Xalqaro Biznes marafon, O‘zbekiston-Pokiston, O‘zbekiston-Xitoy yosh tadbirkorlarining yalpi yig‘ilishlari, B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda ikki tomonlama do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yosh tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan istiqbolli rejalar taqdimot qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
Haftalik 5-iyunga qadar davom etadi!






