Baxshilar bellashuvi yakunlandi!
2025-06-03 20:00:00 / Yangiliklar

Sahnada yurakdan chiqqan dostonlar, xalq ruhi bilan sug‘orilgan so‘zlar, kuy-qo‘shiqqa to‘la baxshilar ovozi — barchasi bugungi kunni unutilmasga aylantirdi.
3 yosh toifasida eng yaxshi deb topilgan yosh baxshilar — bu nafaqat tanlov g‘oliblari, balki xalq san’atining ertangi davomchilari!
Barcha ishtirokchilarga tashakkur — sizlar orqali baxshichilik san’ati yana bir bor jonlandi!
“Baxshichilik” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishing!
10-15 yosh toifasi:
1-o‘rin Soatov Muhammadali Zafar o‘g‘li (Toshkent sh) — 50 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin Xo‘jamurodov Shohjahon Odil o‘g‘li (Surxondaryo v) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Toshmurodov Doniyor Dostonbek o‘g‘li (Surxondaryo v) — 20 million so‘m pul mukofoti.
16-22 yosh toifasi:
1-o‘rin Sabirov Baxitjan Muxtarovich (Navoiy v) — 50 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin Qodirov Suxrobbek Ollobergan o‘g‘li (Toshkent sh) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Gulboyev Samandar Sherqobilovich (Andijon v) — 20 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Eliubaeva Zulxumar Raximovna (Qoraqalpog‘iston R) — 20 million so‘m pul mukofoti.
23-30 yosh toifasi:
1-o‘rin Nuraliyev Farrux Botir o‘g‘li (Surxondaryo v) — 50 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin Yusubov Boburbek Shadlik o‘g‘li (Xorazm v) — 30 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin Abdullayev Usmonjon Jumyoz o‘g‘li (Toshkent sh) — 20 million so‘m pul mukofoti.
Shuningdek, respublika bosqichda ishtirok ishtirokchilarning barchasi 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi!



