24-an’anaviy anjuman start oldi
2025-06-03 12:30:00 / Yangiliklar
Kuni kecha O‘zbekistonning turli hududlaridan eng faol, iqtidorli va tashabbuskor bolalar “O‘zbekiston bolalar tashkiloti”ning 24-an’anaviy anjumani uchun poytaxtimizga yetib kelishdi.

Ishtirokchilar Toshkent viloyatining go‘zal maskani — Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida tantanali kutib olindi. Tabiat bag’ridagi bu oromgoh besh kun davomida yoshlar uchun ijod, do‘stlik va o‘sish makoniga aylanadi.
“Dolzarb 90 kun” va “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu anjumanda turli loyihalarning taqdimotlari, soha mutaxassislari ishtirokidagi seminar va treninglar, ilhomlantiruvchi uchrashuvlar, shuningdek, eng asosiysi — esda qolarli do‘stlik va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tadi.









