“Iqtidorli bolalar shou” loyihasi
2025-04-23 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston bolalar tashkilotining 1 yilligi munosabati bilan, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ilk bor “Iqtidorli bolalar shou” loyihasi tashkil etildi.

Ushbu shou orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan saralangan 14 nafar iqtidorli va tashabbuskor bolalar o‘zining noyob salohiyati va innovatsion loyihalarini omma e’tiboriga havola etdi.
Shou davomida ishtirokchilar rassomchilik, ta’lim, san’at va madaniyat, xorijiy tillar hamda texnologiya yo‘nalishlaridagi yutuqlari, erishgan muvaffaqiyatlari bilan bo‘lishishdi.
Bu loyiha iqtidorli bolalarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.







