BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv
2025-04-17 14:10:00 / Yangiliklar

AQShda bo‘lib o‘tayotgan ECOSOC Yoshlar forumi doirasida Agentlik direktori A.Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⠀
Ko‘tarinki va iliq ruhda o‘tgan suhbatda F. Paulliyer O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlar siyosati bo‘yicha haqiqiy namuna sifatida ajralib turganini ta’kidladi.
⠀
Xususan, BMTning “Yoshlar strategiyasi — 2030” doirasida O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or 10 mamlakati qatoridan joy olgani, “Kelajak pakti” tashabbusining mintaqada aynan O‘zbekistonda namuna sifatida yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirof etildi.
⠀
Shu yil 15-may kuni Felipe Paulliyer Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib o‘tadigan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivalida ishtirok etishini ma’lum qildi.
⠀
Tashrif davomida BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosati yo‘nalishida qator yangi tashabbuslar va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.


