25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
2024-10-25 / Voqealar taqvimi

25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi jamoasi soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.
Fursatdan foydalanib, El-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda, qonun ustuvorligini mustahkamlashda, xalqimizga xotirjam va farovon hayot yaratishda fidokorona xizmat qilayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizning mashaqqatli va sharafli xizmatlaringiz tufayli muqaddas zaminimizda osoyishta va xavfsiz hayot hukm surmoqda.
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash borasidagi mashaqqatli va fidokorona mehnatingizga ulkan zafarlar tilaymiz! Mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kuchli iroda Sizni doimo yo‘ldosh bo‘lsin. Har bir kuningiz mamlakatimiz osoyishtaligini saqlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifangizni ado etishda omad bilan to‘lsin.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurt posbonlari! Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz doimo e’zozga sazovor bo‘lsin.
