Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi takomillashtirildi
2026-10-21 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladilar.
Ushbu qonun bilan yillar davomida muhokamalarga sabab bo‘lib kelgan o‘zbek alifbosidagi ayrim masalalarga aniqlik kiritildi. Yangi tartib yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etish, o‘zbek tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Alifboda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Takomillashtirilgan alifboga quyidagi harflar kiritiladi:
-
O‘ o‘rniga — Ö
-
G‘ o‘rniga — Ğ
-
Sh o‘rniga — Ş
-
Ch o‘rniga — Ç
Amaldagi barcha hujjatlarni almashtirish shartmi?
Yo‘q. Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta hamda qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi.
Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa foydalanish muddati tugagach, bosqichma-bosqich yangilanadi. Bu jarayonda xarajatlarni imkon qadar kamaytirish nazarda tutilgan.
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kunida qabul qilingan ushbu qonun ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzularini ro‘yobga chiqarish, yoshlarning savodxonligini oshirish hamda o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!
