“Yosh kitobxon oila” tanlovining 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
2026-11-03 10:25:00 / Yangiliklar
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining 2026-yilgi mavsumiga start berilmoqda. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari 6-noyabr kuni soat 10:00 da mamlakatimizning barcha hududlarida boshlanadi.

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, oilalarda mutolaa an’analarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.
Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari joriy yilning 6-noyabr kuni soat 10:00 da respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda o‘tkaziladi.
Bellashuvda kitobga mehr qo‘ygan, bilim va tafakkurini namoyon etishga intilayotgan yosh oilalar o‘zaro kuch sinashadi.
Tanlovning o‘tkazilish manzillari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Tanlov o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
