Yoshlarimiz startaplariga $3 milliondan ortiq investitsiya jalb qilindi!
2026-11-03 10:10:00 / Yangiliklar

Yoshlarimizning g‘oyalari bugun real mahsulotlarga, kichik tashabbuslari esa katta biznes loyihalariga aylanmoqda. UzCombinator dasturi ularga bilim, tajriba va investorlar bilan ishlash imkoniyatini bermoqda.
45 kunlik akselerator davomida yoshlar tajribali mentorlar bilan ishlaydi, o‘z mahsulotlarini rivojlantiradi va investorlar oldida taqdimot qilishga tayyorlanadi. Har bir ishtirokchiga $1 000 stipendiya, qulay ish muhiti, ovqatlanish va texnologik resurslar taqdim etiladi.
Natijalarga e’tibor bering:
• Ikki mavsumda 5 036 ta ariza kelib tushdi, ulardan 55 ta startap saralab olindi.
• Birinchi mavsumda startaplar $960 ming investitsiya jalb qilgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumda 17 ta startap $2,155 million investitsiya oldi. Bu 2,2 baravar o‘sish.
• Demo Day’da taqdimot qilgan 23 ta startapning 17 tasi investitsiya oldi. Bu 74 foizlik natija.
Ikkinchi mavsumning yorqin natijalaridan ayrimlari:
• Core AI asoschisi Sanjarbek Raxmonov – $800 ming investitsiya jalb qildi.
• Yurideks asoschisi Zilolaxon Yo‘ldosheva – $250 ming investitsiya oldi.
• Occlum asoschisi Abdulloh Masaidov – $40 ming investitsiya jalb qilib, Amerikada o‘z ofisini ochdi.
Bitta startapga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha investitsiya miqdori esa $127 mingni tashkil etdi.
Endigi vazifamiz shunday jamoalar safini kengaytirish va O‘zbekistonda yaratilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish.
Agar sizda ham rivojlantirishga arziydigan startap g‘oyasi bo‘lsa, UzCombinator'ning uchinchi mavsumiga ariza topshiring!
Arizalar 10-noyabrgacha qabul qilinadi. Havola.
