Jizzaxda yoshlar uchun yangi shaxmat xonasi tashkil etildi
2026-10-30 17:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda jizzaxlik yosh tashabbuskor Islom Karimov shaharda yoshlar uchun shaxmat to‘garagi tashkil etish taklifini bildirgan edi.
Murojaat qisqa fursatda ijobiy hal etildi. Jizzax shahridagi Yoshlar markazida yangi shaxmat xonasi tashkil qilinib, 10 ta komplekt shaxmat doskasi va soati, shuningdek, elektron mashg‘ulotlar uchun televizor ajratildi.
Bu yerda yoshlar muntazam shug‘ullanishi, shaxmat sirlarini o‘rganishi va o‘z mahoratini oshirishi mumkin bo‘ladi.
Ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechim topishi yoshlar bilan ishlashdagi eng muhim natijadir. Bunday muloqotlar yangi tashabbuslarni yuzaga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Jizzaxlik yoshlarga yangi shaxmat xonasi muborak bo‘lsin!





