O‘zbekistonlik yoshlar stratosferada biologik tajribalar o‘tkazadi
2026-10-31 18:00:00 / Yangiliklar

Moskvada o‘tkazilayotgan ORBITA–2026 xalqaro kosmik o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi ilmiy va muhandislik loyihasi bilan ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida stratosferaga maxsus qurilma uchirilib, shilliqqurtlar, bakteriyalar va chuvalchanglarning noodatiy muhitga ta’sirlanishi o‘rganiladi.
Qurilmaga o‘rnatilgan sensorlar harorat, bosim va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni qayd etadi. Parvoz yakunida esa tirik organizmlarda yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilinadi.
Tajriba natijalari kelajakda kosmik biologiya, biotexnologiya va biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar uchun muhim ma’lumotlar berishi mumkin.
Yoshlarimizning robototexnika, biologiya va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan bunday loyihalari ilmiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.




