Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona platformada
2026-10-17 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonlik yoshlarning global texnologiyalar ekotizimiga chiqishi, xalqaro aloqalar o‘rnatishi va startaplarini rivojlantirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Kremniy vodiysida faoliyat yuritayotgan Yoshlar Ventures San-Fransisko ofisining rasmiy platformasi ishga tushdi. Endi platforma orqali ofis faoliyati, xalqaro imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish mumkin.
Platforma, shuningdek, AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik talaba-muhandislar hamda startap asoschilarining yutuqlari va tashabbuslarini yoritishga xizmat qiladi.
Bu tashabbus yosh o‘zbekistonliklarning global texnologiyalar hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro tajriba almashishi va innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishi uchun muhim qadamdir.
Platforma: https://sf.yoshlarventures.uz/
