Xiva — Turkiy dunyo yoshlar poytaxti
2026-10-12 19:00:00 / Yangiliklar

Xiva shahrida “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti” loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari N. Guliyev hamda Xiva shahri hokimi T. Davletov ishtirok etdi.
Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ilgari surilgan ushbu tashabbus turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Loyiha doirasida yosh tadbirkorlar va yetakchilar forumlari, ekologik ta’limga bag‘ishlangan tadbirlar hamda zamonaviy tahdidlarning oldini olish masalalariga oid xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.
Yil davomida Xivada o‘tkaziladigan tadbirlar turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yoshlarning tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.






