Mahalladan — dunyoning yetakchi universitetlarigacha
2026-09-29 10:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi Oksford universitetining Blavatnik hukumat maktabi hamda Garvard universitetining Jon Kennedi nomidagi davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun maxsus ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.
Loyiha doirasida ishtirokchilar:
• boshqaruv, yetakchilik, biznes va iqtisodiyot yo‘nalishlarida bilimlarini oshiradi;
• xalqaro ekspertlar ishtirokidagi interaktiv onlayn sessiyalarda qatnashadi;
• zamonaviy boshqaruv yondashuvlari bilan tanishadi;
• dasturni muvaffaqiyatli yakunlagach, faoliyatini rivojlantirish uchun uslubiy ko‘mak oladi.
Ishtirok etish uchun:
1. Mahalladagi yoshlar yetakchisi bo‘lish;
2. Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish.
IELTS yoki CEFR sertifikatiga ega nomzodlar saralash bosqichidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tadi.
Arizalar qabul qilinmoqda.
🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
