IT va “Gaming” sohalarida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi
2026-09-25 11:45:00 / Yangiliklar

Turkiyaning yetakchi texnologik markazlaridan biri – Bilishim Vadisi rahbari va vakillari Yoshlar Ishlari Agentligiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda “gaming” industriyasi, texnologik startaplar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Bilishim Vadisi faoliyati, startaplar uchun yaratilgan muhit hamda “gaming” yo‘nalishidagi tajriba bilan tanishdik.
Shuningdek, O‘zbekistonda “gaming” ekotizimini rivojlantirish, yoshlarni dasturlash, dizayn, marketing va biznes yo‘nalishlarida tayyorlash, startap jamoalarni shakllantirish va ularni inkubatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Kelgusida hamkorlik doirasida yoshlarni ta’lim va mentorlik dasturlariga jalb qilish, istiqbolli “gaming” loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda yoshlar uchun zamonaviy “gaming” ekotizimini shakllantirish va ularning xalqaro imkoniyatlarini kengaytirish yangi darajaga chiqmoqda.






