4 ta startap $160 000 gacha shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi
2026-09-21 18:00:00 / Yangiliklar

StartupFest va “Hududgazta’minot” hamkorligida Catalyst dasturi tashkil etildi.
Tadbirda 30 dan ortiq ishtirokchi va 13 ta startap jamoasi qatnashdi. Ishtirokchilar kompaniya faoliyati bilan tanishib, real biznes muammolarini o‘rgandi va o‘z innovatsion yechimlarini taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 4 ta startap bilan pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi:
• VoiceLab — $50 000 gacha;
• Camvi — $50 000 gacha;
• HududRadari — $10 000 gacha;
• InterAI — $50 000 gacha.
Pilot loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, startaplar bilan umumiy qiymati $160 000 gacha bo‘lgan shartnomalar tuzilishi mumkin.
Catalyst — startaplarni real biznes ehtiyojlari bilan bog‘lab, innovatsion g‘oyalarni amaliy yechimlarga aylantirishga xizmat qiluvchi platforma.







