Matbuot anjumaniga taklif etamiz
2026-08-23 12:10:00 / Matbuot anjumanlari
24-avgust kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Samarqand shahrida 15–27-sentabr kunlari o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda olimpiada ishtirokchilari, terma jamoalar tarkibi hamda musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

24-avgust kuni soat 11:00 da Xalqaro shaxmat akademiyasida joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanida Butunjahon shaxmat olimpiadasi haqida umumiy ma’lumot, musobaqada ishtirok etuvchi shaxmatchilar, trenerlar va terma jamoalar tarkibi, shuningdek, olimpiadaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni taklif etamiz.
Sana: 24-avgust, soat 11:00
Manzil: Xalqaro shaxmat akademiyasi
