Tayinlov
2026-07-10 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Dilnozaxon Kattaxanova tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan. U o‘zining chuqur bilimi, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar bilan ishlashdagi ulkan tajribasi, ilg‘or tashabbuslari va fidoyiligi bilan jamoada hurmat qozongan tajribali rahbardir.
👏Yosh kadrlarning bunday mas’uliyatli lavozimga munosib ko‘rilishi — davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz yoshlariga bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol namunasidir.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Dilnozaxon Kattaxanovaga ushbu yuksak mas’uliyat talab etadigan vazifada mustahkam iroda, qat’iyat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
