Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!
2026-07-07 09:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.
G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.
Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.
Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat!
