Barchasi qanday boshlangan edi?
2026-07-06 19:05:00 / Yangiliklar
Bugun mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 30-iyun — Yoshlar kuni o‘zining tarixiy asosiga ega. Bundan 9 yil avval, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida 30-iyun sanasini mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edi.
Mazkur tarixiy qaror yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish yo‘lidagi yangi bosqichni boshlab berdi.
Oradan o‘tgan yillar davomida Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki yoshlar bilan ochiq muloqot, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi imkoniyat va istiqbollarni yaratishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi. Har yili ushbu sana munosabati bilan yoshlar manfaatlariga qaratilgan yangi tashabbuslar, dasturlar va loyihalar e’lon qilinib, ularning hayotdagi o‘rni va faolligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugun esa ushbu ezgu an’ana izchil davom etib, Yangi O‘zbekistonda yoshlar davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
