“Ghetto Games” O‘zbekistonga kelmoqda: xalqaro ko‘cha sporti harakati endi mahallalarimizda!
2026-07-04 16:15:00 / Yangiliklar

Samarali o‘tgan muzokaralar davomida “Ghetto Games” loyihasini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, uni mahallalarimizdagi yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Eng muhimi, ushbu nufuzli musobaqani yurtimizda o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik minglab yigit-qizlarni ko‘cha sportiga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashitirish hamda iqtidorli yoshlarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu loyiha mamlakatimizning xalqaro ko‘cha sporti harakatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda o‘zbek yoshlarining salohiyatini dunyoga namoyish etish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ladi.

