Yoshlar kuniga tabrik
2026-06-30 23:05:00 / Yangiliklar
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay O‘zbekiston yoshlarini qizg‘in muborakbod etdi.
Qayrat Saribay o‘z tabrigida yurtimiz yoshlarining xalqaro maydondagi o‘rniga to‘xtalib, shunday dedi: “O‘zbekiston yoshlarining ijodiy g‘oyalari va faol tashabbuslari xavfsiz hamda gullab-yashnayotgan Osiyo mintaqasini barpo etishda ulkan ahamiyatga ega. Ayniqsa, insoniy mezonlar yo‘nalishida koordinator sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning tashkilotimizga qo‘shayotgan salmoqli hissasi alohida tahsinga loyiq. Davlatingiz yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Barcha yoshlarga so‘nmas g‘ayrat-shijoat hamda buyuk maqsadlarga erishishda jasorat tilayman!”
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi mazkur nufuzli xalqaro tashkilotning Yoshlar kengashiga rasmiy a’zo sifatida qabul qilingan bo‘lib, uning yig‘ilishlari hamda global tashabbuslarida doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqda.
#Yoshlar #30iyun
