BMT O‘zbekiston yoshlarining ulkan salohiyatini e’tirof etdi!
2026-06-30 21:10:00 / Yangiliklar
Felipe Paullier o‘z tabrigida yoshlarimizning shijoatiga yuqori baho berib, shunday ta’kidladi:
“O‘zbekiston yoshlari nafaqat kelajakning, balki bugunning ham chinakam yetakchilaridir. Aynan sizning qat’iyatingiz, o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishingiz va dadil tashabbuslaringiz ham yurtingiz, ham butun dunyo taraqqiyotini barpo etishda muhim poydevor hisoblanadi. Biz barqarorlik va tinchlikni ta’minlashda sizlarning ovozingiz hamda g‘oyalaringizga yuksak ishonch bildiramiz!”
Darhaqiqat, bugun Yangi O‘zbekiston yoshlari xalqaro maydonda o‘zining iqtidori va imkoniyatlarini munosib namoyon etib, global jarayonlarda ham muhim o‘rin egallamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘zaro hamkorlik kelishuviga muvofiq, tarixda ilk marotaba 2 nafar o‘zbekistonlik faol yigit-qiz BMT Yoshlar ofisiga amaliyot o‘tash uchun yuborilgan edi.
#Yoshlar #30iyun
