Volontyorlar Akademiyasiga asos solindi
2026-06-16 12:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Rossiya va Turkiya vakillari xalqaro ekspert sifatida qatnashdilar.
Uchrashuvning asosiy natijasi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon Volontyorlar Akademiyasining rasman ishga tushirilishi hamda mintaqaviy volontyorlik harakatini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgan Hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘ldi.
Muloqot davomida ishtirokchilar inklyuziv, ekologik va korporativ volontyorlik yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalar hamda yangi tashabbuslarni taqdim etdilar.
Ta’kidlanganidek, Akademiya tajriba almashish, yosh liderlarni tayyorlash va qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platformaga aylanadi.
Mazkur tashabbus mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va volontyorlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.






