“Qizlar akademiyasi” ilovasida yangi kurslar!
2026-06-16 11:30:00 / Yangiliklar

Ushbu kurslar orqali quyidagi yo‘nalishlarda bepul va professional bilim olishingiz mumkin:
1. “SAFIA” qandolatchilik uyi darslari: Shirinliklar va pishiriqlar tayyorlash sirlarini o‘rganib, uy sharoitida mahoratingizni oshirish va qandolatchilik sirlarini mukammal egallashingiz mumkin.
2. Fashion: Zamonaviy moda tendensiyalari, shaxsiy uslubni yaratish va kiyinish madaniyatining nozik jihatlarini o‘rganishingiz mumkin.
3.Tadqiqot asoslari: Ilmiy izlanishlar olib borish, ma’lumotlar bilan ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishingiz mumkin.
Barcha darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Eng muhimi, loyiha to‘liq inklyuzivlashtirilgan bo‘lib, har bir kursda surdotarjimon xizmati mavjud.
Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab olish uchun:
