Xiva shahri — “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti”!
2026-06-15 22:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya Olmaota shahrida “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti — 2025” xalqaro tashabbusining yopilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida ushbu nufuzli maqom rasmiy ravishda Xiva shahriga topshirildi.
Shuningdek, tashrif doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi K.Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida Bosh kotib 2026-yilda Xiva shahrida ushbu tashabbus yuqori saviyada tashkil etilishiga ishonch bildirdi. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining Turkiy davlatlar tashkiloti Norasmiy sammitidagi bu boradagi qo‘llab-quvvatlovi yuksak e’tirof etildi.
Uchrashuvda 2026-yilda Xiva shahrida turkiy dunyo yoshlari uchun samarali loyihalar tashkil etilishi, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi hamda startaplar yo‘nalishida hamkorlik kengaytirilishi alohida ta’kidlandi.


