Aziz yoshlar va qadrli yurtdoshlar, Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
2026-05-27 06:35:00 / Yangiliklar

Ushbu ulug‘ va barokatli ayyom kunlarida yurtimizdagi barcha yoshlarni, ularning ota-onalari va ustozlarini chin dildan qutlaymiz.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan har bir xonadonga qut-baraka, fayz, xotirjamlik va mustahkam sog‘lik tilaymiz.
Yoshlarimizning ilm-ma’rifat yo‘lidagi ezgu intilishlari hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi barcha pok niyatlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
