O‘zbekiston yoshlari uchun yana bir imkoniyat!
2026-05-31 / Voqealar taqvimi

Yoshlar ishlari agentligi hamda BMT Volontyorlar dasturi hamkorligida o‘zbekistonlik yoshlarni BMTning xorijdagi vakolatxonalariga yuborish bo‘yicha amaliy dastur boshlandi.
Endilikda yoshlarimiz 1 yil davomida Qatar, Singapur va Turkiyadagi BMT ofislarida faoliyat yuritib, xalqaro muhitda tajriba orttirish, professional ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda dunyoning yetakchi ekspertlari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- Sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar;
- Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
- Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Xalqaro hamkorlik va loyiha boshqaruvi.
BMT Volontyorlar dasturi tomonidan e’lon qilingan quyidagi imkoniyatlar uchun ariza topshirishingiz mumkin:
1. Sun’iy intellekt yechimlari yaratuvchisi (AI Solutions Developer) — Turkiya
2. Youth Empowerment Associate — Qatar
3. Climate, Sustainability and Environmental Protection Associate — Singapur
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 31-may
