BMT Volontyorlar dasturi doirasida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
2026-05-16 10:50:00 / Yangiliklar

“2026-yil — Xalqaro volontyorlar yili” doirasida o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining maslahatchisi Shirin Abidova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
Tashrif doirasida uchrashuvlarda asosiy urg‘u Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasida volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga qaratildi. Xususan, volontyorlikni mahalla tizimi orqali aholiga yanada yaqinlashtirish hamda yigit-qizlarni xalqaro loyihalar atrofida birlashtirish borasida amaliy qadamlar taqdim etildi.
Shuningdek, volontyorlik nafaqat fuqarolik faolligi, balki yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish va inson kapitaliga investitsiya kiritishning eng samarali vositasi ekanligi ta’kidlandi. O‘z navbatida, T.Kurbanov O‘zbekistonning mintaqadagi bu tajribasini yuqori baholab, to‘liq moliyalashtirish dasturidagi hamkorlik mamlakatning global volontyorlik xaritasidagi o‘rnini mustahkamlashini qayd etdi.
