“Qizlar akademiyasi” ilovasida yangi kurslar!
2026-05-11 13:50:00 / Yangiliklar

Ushbu kurslar orqali quyidagi yo‘nalishlarda bepul va professional bilim olishingiz mumkin:
1. Surdotarjimonlik: muloqotdagi to‘siqlarni yengib o‘tish va insonlarga ko‘maklashish sirlari.
2. Modellik: nafosat, o‘ziga ishonch hamda professional imidj shakllantirish.
3. Bola parvarishi: onalik mas’uliyati va sog‘lom farzand tarbiyasi asoslari.
4. PhD sari qadam: ilmiy cho‘qqilarni zabt etish va akademik o‘sish imkoniyati.
5. Ginekologiya: ayollar salomatligi hamda gigiyenasini to‘g‘ri saqlash qoidalari.
6. Uy tozalash: xonadonda professional tartib va shinamlik yaratish usullari.
Barcha darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Eng muhimi, loyiha to‘liq inklyuzivlashtirilgan bo‘lib, har bir kursda surdotarjimon xizmati mavjud.
Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab olish uchun:
