Yoshlar yetakchilari Xitoyda xalqaro tajriba o‘rganmoqda
2026-05-08 19:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar yetakchilari delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida joylashgan Hengli eksperimental maktabida malaka oshirmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari maktab rahbariyati bilan uchrashib, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashdi. Shuningdek, ta’lim muassasasining zamonaviy infratuzilmasi, innovatsion o‘quv xonalari va sport majmualari faoliyati o‘rganildi.
Dastur davomida yetakchilarimiz quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus seminar-treninglarda ishtirok etmoqda:
- Ta’lim va boshqaruv jarayonlarida sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash;
- Startap va biznes loyihalarni boshlash amaliyoti;
- Yoshlar bandligini ta’minlashning zamonaviy modellari;
- Aqlli qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi ilg‘or innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va ularni yurtimizdagi yoshlar siyosatida amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.



