O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2026-05-06 09:45:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda yurtimizda jami 80 000 nafardan ortiq mahalla sardorlari, 1 872 nafar tuman-shahar, 126 nafar hududiy hamda 9 nafar respublika sardorlari saralab olingan bo‘lib, ular yagona jamoa bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
Matbuot anjumanida taqdim etilgan asosiy loyihalar va tashabbuslar bilan tanishing:
- "Sardorlar" mobil ilovasi: Mamlakatimizdagi barcha bolalar va o‘smirlarni yagona raqamli ekotizimga birlashtirish hamda har bir bola uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maxsus mobil ilova ishga tushiriladi;
- Bolalar studiyasi: Bolalarning media sohasidagi qobiliyatlarini rivojlantirish, kreativ yondashuv va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan yangi platforma tashkil etiladi;
- "Kurtak" bolalar jurnali: Yosh mualliflarning ijodiy namunalarini (she’r, hikoya, tasviriy san’at) keng jamoatchilikka namoyish etish va bolalarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida yangi jurnal ta’sis etildi;
- "Jajji yulduzlar" festivali: San’at, musiqa va she’riyat yo‘nalishlarida bolalar iste’dodini kashf qilishga qaratilgan respublika miqyosidagi ijodiyot festivali o‘tkaziladi;
- "Eng namunali sardorlar" kengashi: Sardorlarning tashkiliy salohiyatini muntazam rivojlantirish va ularda mas’uliyat ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tanlov yo‘lga qo‘yiladi;
- “Yil sardori” ko‘rik-tanlovi: Mahalla sardorlari faoliyatini rivojlantirish va ularning ijtimoiy nufuzini oshirish maqsadida yiliga bir marta o‘tkaziladigan nufuzli tanlov tashkil etiladi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, ushbu barcha tashabbuslar bolalarning yashirin iste’dodlarini kashf qilish hamda ularni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.









