“Qizlar akademiyasi” ilovasining yangi versiyasi taqdim etildi!
2026-04-21 19:55:00 / Yangiliklar
Ilovaning interfeysi va imkoniyatlari yanada jozibador, qulay va qiziqarli holatga keltirildi.

Yangi versiyada quyidagi bo‘limlar butunlay yangilandi:
1. Ro‘yxatdan o‘tish, login, asosiy sahifa hamda shaxsiy profil ko‘rinishi;
2. Kurslar, video player, testlar va foydalanuvchi qatnashayotgan kurslar sahifalari;
3. Peshqadamlar jadvali, vakansiyalar, sertifikatlar hamda bildirishnomalar tizimi;
4. “Biz haqimizda” va boshqa barcha yordamchi sahifalar.
Hoziroq “Qizlar akademiyasi” ilovasini yuklab oling va ta’lim olishning yangi bosqichidan bahramand bo‘ling!





